• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

1-noyabrdan qurilish qonunchiligidagi o‘zgarishlar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > 1-noyabrdan qurilish qonunchiligidagi o‘zgarishlar
Okt 31, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

?“Korobka” holatidagi uy-joylar uchun subsidiya ajratila boshlanadi.

?Prezidentning 2022-yil 22-sentyabrdagi (PQ-377-son ) qarori asosida xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz qurilgan uylardagi kvartiralarni (xonalarga boʻlingan va pardoz ishlariga tayyor) birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga hamda ular boʻyicha va ipoteka krediti boʻyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya toʻlashga ruxsat beriladi.

———————————————————

?Koʻp kvartirali uylarning umumiy mulki hududida qoʻshimcha obyekt qurish taqiqlanadi.

?Prezidentning 2022-yil 4-avgustdagi (PQ-346-son ) qarori asosida qurilish-montaj ishlari (rekonstruksiyasi) tugallangan koʻp kvartirali uylardan foydalanish uchun ruxsatnoma berilganidan soʻng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni yoki tutash yer uchastkasini kamaytirish va tutash yer uchastkasida qoʻshimcha koʻp kvartirali uy yoki umumiy mol-mulk boʻlmagan obyekt qurish uchun oʻzgartirish kiritish taqiqlanadi.