💐💐 1-oktabr O’qituvchi va murabbiylar kuni
Xorazm viloyati Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan Xorazm arxitektura va qurilish texnikumining fidoyi o’qituvchilari hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan og’ir atletika murabbiylari uchun bayram tashkil etildi.
Bir qator faol o’qituvchi, murabbiylarga tashakkurnoma va sovg’alar topshirildi.
💥Aziz ustoz va murabbiylar barchangizga mas’uliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizda zafarlar, oilaviy hayotingizda esa baxt, omad yor bo’lsin.