• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

2022-yil 15-iyun kuni D.Adilov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Koreyaning Seul shahriga kelishdi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > 2022-yil 15-iyun kuni D.Adilov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Koreyaning Seul shahriga kelishdi
Iyun 20, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

✅16-iyun kuni D.Adilov boshchiligidagi ishchi guruhi ICAK Koreyaning xalqaro quruvchilar assotsiatsiyasiga tashrif buyurishdi. Assosiatsiya raisi Park Sunxo tomonidan ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalari tufayli amalga oshirilayotgan hamkorliklar salmog‘ining oshib borayotganligi aytildi. Bugungi kunda Koreya tashkilotlari uchun O‘zbekistonga investitsiya kiritish qiziq va foydali hisoblanmoqda. Shu sababli ICAK ham jamoat va yo‘l qurilishi sohalarida O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan Koreya tajribasini ulashish va investitsion loyihalarda ishtirok etish istagida ekanligini bildirdi.

▶️D.Adilov tomonidan Assotsiatsiya raisi Park Sunxoning ishchi guruh a’zolarini iliq qabul qilganligi hamda O‘zbekistonda qurilish sohasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirishda hamkorlik qilishga qiziqish bildirganligi uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘z navbatida bugungi kunda jamoat qurilish obyektlarini qurilishiga xorijiy tashkilotlar jalb qilinayotganligi va bu tashkilotlar safida Koreys tashkilotlarini ham ishtirok etishida Qurilish vazirligi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

📎Qurilishda texnik me’yorlash markazi direktori R.Qo’chqorov Markaz faoliyati va O‘zbekiston qurilish normalarini takomillashtirish, xususan, baland binolarni qurish, yong‘in xavfsizligi, muhandislik kommunikatsiyalari bo‘yicha SHNQlarni ishlab chiqish dolzarb vazifa ekanligi haqida ma’lumot berdi.

📌Bugungi kunda Koreya Respublikasi Yer resurslari, infratuzilma va transport vazirligi MOLIT hamda Koreya qurilish muhandisligi va qurilish texnologiyasi instituti KICT o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, mazkur memorandum asosida O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasida SHNQlarni takomillashtirish loyihasi kelishilgan. Ushbu loyihaning o‘z vaqtida sifatli amalga oshirilishini nazorat qiluvchi tashkilot etib, ICAK tashkiloti belgilangan. Qurilishda texnik me’yorlash markazi tomonidan mazkur loyihani amalga oshirishda mahalliy xususiyatlarni inobatga olish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan tavsiya hamda takliflar bildirildi.

🖊Assotsiatsiya raisi Park Sunxo D.Adilov boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar o‘rganib chiqilishi hamda bu haqida O‘zbekistonga qisqa fursatlarda ma’lum qilinishini bildirdi va Koreyaga rejalashtirilgan xizmat safarining samarali o‘tishida omad tiladi.