• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

May 6, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

?Ma’lumki, bugungi kungacha Sergeli tumaniga shaharning asosiy qismi va orqa tomonidan kelayotgan avtomobillar asosan bitta yo‘l – Yangi Sergeli ko‘chasidan foydalanardi. Shuning uchun ham bu yerda doimiy ravishda tirbandlik yuzaga keladi. Ushbu asosiy yo‘l ayniqsa, ertalab va kechqurun tiqilinch bo‘lib, harakatni cheklab qo‘yadi. Keng ko‘lamli yangi loyihaning amalga oshirilishi natijasida esa ushbu yo‘lning quvvati ko‘priklar bilan birgalikda soatiga 12 mingta transport vositasini tashkil etadi. Taqqoslash uchun Yangi Sergeli ko‘chasida hozirgi davrda atigi to‘rt mingta transport vositasi harakatlanar edi.

➡️Ushbu zamonaviy avtomagistral 272,3 kvadrat metr asfalt-beton bilan bilan qoplangan. Jarayonda qariyb 897 ming kub metr yer ishlari bajarildi. 772 ta qoziq, 50 ta poydevor tayanchi, 69 ta ustun, 472 10 metrli yoritish ustunlari o‘rnatildi. Yangi yo‘nalishning butun uzunligi bo‘ylab energiyatejamkor lampalar bilan 47 ming 210 metrli yoritish ustunlari joylashtirildi. Tutash hududni obodonlashtirish ishlari ham e’tibordan chetda qolgani yo‘q. 36,4 ming kvadrat metr maydonda kengligi 1,5 metrdan 4 metrgacha bo‘lgan piyodalar va velosiped yo‘lkasi yotqizildi. Ko‘prikda svetoforlarning yo‘qligi va tirbandlikning bo‘lmasligi natijasida ekologiyaga uch barobar kamroq zarar yetkaziladi.