⚡️Yangi qurilayotgan turar joy binolarining yarim yertoʻla yaʼni sokol qavatlarida qanday hollarda yashash xonalarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi?
– yerosti suvlari yer sathidan 3 m dan pastda boʻlganda;
– yarim yertoʻla (sokol) ning kamida uchdan bir qismi yer ustida boʻlganda;
– xonalarini poldan shiftgacha balandligi 2,4 m dan kam boʻlmaganda;
– muhandislik tizimlar yashash xonalarini inobatga olgan holda joylashtirilganda;
– tashqi devorlari va pollarida issiqlik himoyasi taʼminlanganda;
– 0331-16-son Sanitariya normalari talablari bajarilganda;
– xonalaridan toʻgʻridan-toʻgʻri tashqariga chiquvchi derazalar boʻlganda;
– tabiiy yorugʻlik va insolyatsiya darajasi 2 soatdan kam boʻlmaganda;
– havoning yaxshi aylanishi taʼminlanganda;
– yashash xonadonlaridan evokuatsiya talablari bajarilganda;
– taom tayyorlash uchun elektr plitalardan foydalanilganda, yaʼni tabiiy yoki suyultirilgan gazlardan, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyukliklardan foydalanilmaganda, va boshqa talablar mavjud boʻlganda belgilangan yarim yertoʻlalalar maqsadli foydalanishga ruxsat beriladi.