• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Iyun 8, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🟢Elektron hukumat infratuzilmasi hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumatni rivojlantirish reytingida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan Estoniya davlati bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.

▶️Shu munosabat bilan 7-iyundan eʼtiboran estoniyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish va raqamlashtirish sohasidagi yana koʻplab islohotlarni qoʻllab-quvvatlovchi oʻquv seminariga start berildi. Unda Qurilish vazirligidan mas’ullar ham ishtirok etmoqda.

✅Tadbir davomida Estoniyaning elektron hukumat va raqamlashtirish borasidagi taqdimoti namoyish etildi va oʻzaro tajriba almashish maqsadida ochiq muloqot shaklidagi savol-javoblar ham tashkil etildi.

🔴Eslatib oʻtamiz, oʻquv seminarlari 9-iyunga qadar davom etadi.