✉️Angor tumanida aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, hududlarda zamonaviy shaharsozlik talablari asosida ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishini jadallashtirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish va aholi punktlarining urbanizatsiya jarayonlarini rivojlantirish uchun tumanning “Sharq guli” mahallasi hududidan 6 ga yer maydoni tanlab olinib, 17 ta 5 qavatli 408 xonadondan iborat turar joylar qurilishi olib borilmoqda, bundan tashqari ushbu massivda qurilayotgan uy-joylarda 44 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni uy-joy bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
?Mazkur xonadonlar tumandagi 12 ta pudratchi korxonalar tomonidan qurilmoqda.
◀️Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” massivida 2022-2024-yillar davomida 1 ta 180 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, 990 o‘rinli umumta’lim maktabi, 6 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binolari qurilishi belgilangan.