☯️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori ijrosi yuzasidan joriy yilning 24-noyabr kunidan obyektlar bo‘yicha tenderda g‘olib bo‘lgan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma imzolagan hamda ushbu shartnoma bo‘yicha ishlarni yakunlamagan, joriy yil majburiyatlarini bajarmagan pudrat tashkiloti kalendar yil davomida platforma orqali yana boshqa obyekt bo‘yicha tenderda ishtirok etgan taqdirda har bir yakunlanmagan shartnoma bo‘yicha uning reytingidagi jami baliga nisbatan 5 foiz chegirma qo‘llanilish tizimi joriy etildi.
? Hurmatli pudratchilar quyidagi havola orqali shaxsiy kabinetingizga kirib, bugungi kunga qadar tashkilotingiz elektron tender savdolarida qatnashib, g‘olib bo‘lgan obyektlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin: https://monitoring.mc.uz/home