• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

May 2, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

📎 Toshkent shahar Uchtepa tumani “Yangiobod” MFY hududida buyurtmachi “New world star” MCHJ tomonidan qurilayotgan ko’p qavatli turar joy binosining qurilish ishlari Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o’rganildi.

Obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

➖uning loyiha hujjatlarida energiya samaradorligi va muqobil energiya texnalogiyalari hamda energiya tejamkorlik chora-tadbirlari ko‘zda tutilmagan;

QURILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI qoidalarini buzgan holda ayrim ishchilar maxsus kiyimlar to‘plamidan va himoya kaskalari, himoya belbog‘laridan foydalanmagan;

➖binoning tasdiqlangan loyihada ko‘rsatilgan gidroizolyatsiya ishlari loyihaga mos qilib bajarilmagan.

🟥 Qoidabuzarliklar yuzasidan qurilishning mas’ul shaxslariga inspeksiya xodimlari tomonidan yozma ko’rsatma berildi, aniqlangan qoidabuzarliklar bartaraf etilgunga qadar obyektda qurilish-montaj ishlari to’xtatildi.