• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

96 ta MFY hududlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > 96 ta MFY hududlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqildi
Dekabr 23, 2020 Posted by: tested Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 iyuldagi 639-son qarori bilan “2020-2022 yillarda mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bosh reja loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda qishloq (ovul) aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda yondosh mahallalarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqish dasturi” tasdiqlangan bo‘lib, unga asosan 2020-2022 yillarda jami 316 ta MFY hududlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, 2020 yil Manzilli ro‘yxatga 96 ta MFY hududlarining shaharsozlik hujjatlari kiritilgan bo‘lib, “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ tomonidan ushbu loyihalarni ishlab chiqish ishlari yakunlandi.

 

“Qishloqqurilishloyiha” MCHJ majlislar zalida:

1. Andijon viloyati Asaka tumanining 2 ta, Mirzaobod tumanining 4 ta;

2. Buxoro viloyati Buxoro tumanining 2 ta, Vobkent tumanining 4 ta va Jondor tumanining 3 ta;

3. Namangan viloyati Mngbuloq tumanining 3 ta, Chust tumanining 3 ta va Koson tumanining 3 ta;

4. Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa, Quva, Beshariq, Bog‘dod va Buvayda tumanlarining 1 tadan mahalla fuqarolar yig‘ini aholi punktlarining bosh rejasi bilan birgalikda hududning batafsil rejalashtirish loyihasi va yondosh mahallalarni rivojlantirish sxemalari muhokama qilindi.

 

Ushbu bosh rejalar asosida kelgusida yo‘l, suv, muhandislik tarmoqlari, uy-joylar, ijtimoiy soha ob’ektlari (bog‘cha, maktab, sog‘liqni saqlash ob’ektlari kabilar), mehnat faoliyatini olib borish uchun hududning salohiyatiga qarab ishlab chiqarish ob’ektlari, infrastruktura ob’ektlari, aholi madaniy hordiq chiqarish uchun ko‘ngilochar ob’ektlar, istirohat bog‘lari qurilishi tashkil etiladi va natijada qishloqlar qiyofasi shaharlar ko‘rinishidan aslo farq qilmaydi.