Aholi farovonligi yoʻlidagi yangilanishlar

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Aholi farovonligi yoʻlidagi yangilanishlar
Mar 29, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

❗️Janub gavhari sanalgan qadim Termiz shahri bugun zamon bilan hamnafas oʻzgarib bormoqda. Bir-biridan baland binolar, muhtasham inshootlar shahar koʻrkiga koʻrk qoʻshish bilan birga, aholi turmush farovonligining yuksalishiga xizmat qilmoqda.

🏗Termiz shahridagi “Farovon” massivida birgina oʻtgan 2021-yilning oʻzida 2 ta 7 qavatli, 126 xonadonli va 5 ta 9 qavatli, 564 xonadonli uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Natijada 690 oila yangi uy-joyga ega boʻldi. Tabiiyki, aholi sonining oshishi hududda yangi ish joylari tashkil etish va xizmat koʻrsatishni rivojlantirishni taqozo etadi. Shu bois yangi qurilgan koʻp qavatli uy-joylarning pastki qavatlari savdo va xizmat koʻrsatishga ixtisoslashtirilmoqda. Xususan, 690 ta xonadon negizida 57 ta savdo va xizmat koʻrsatish nuqtasi tashkil etilib, ularning har birida oʻrtacha 5 tadan ish oʻrni yaratilmoqda.

▶️Bunyodkorlik ishlari joriy yilda ham davom etib, shaharning “Farovon” massivida 27 ta, “Tuproqqoʻrgʻon” va “Saxovat” massivlarida 38 ta koʻp qavatli turar joy binolari qurilmoqda.