• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Aholi punkti bosh rejalariga nimalar kiradi?

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Aholi punkti bosh rejalariga nimalar kiradi?
Iyun 9, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

Aholi punktining bosh rejasida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi:

– aholi punkti hududini ijtimoiy va iqtisodiy sohada rivojlanish xususiyatlari;
– tabiiy-iqlim sharoitlari hamda aholi sonining prognozi inobatga olinib, rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari;
– hududlarning zonalashtirilishi va ularni qurish navbati;
– aholi punkti hududini tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilish;
– muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari;
– aholi punktining qurilgan va qurilmagan hududlari nisbati;
– aholi punktini rivojlantirish uchun zaxira hududlar;
– aholi punktining chegaralari
– hamda hududni rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlar belgilab olinadi.

📎 Shaharning bosh rejasi va shahar atrofi zonasini rejalashtirish loyihasi chegaradosh hududlarning ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasidagi kelishuv asosida yagona hujjat sifatida ishlab chiqilishi mumkin.

📎 O‘rtacha va kichik shaharchalarning, shuningdek, qishloqlar va ovullarning bosh rejalarini ishlab chiqish batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish bilan birga yagona hujjat sifatida qo‘shib bajarilishi mumkin.

✅ Agar rejalashtirilayotgan hududda madaniy meros obyektlari bo‘lsa, aholi punktining tarixiy-arxitektura rejasi va madaniy meros obyektlarining muhofaza zonalari inobatga olinadi.

‼️ Aholi punktining bosh rejasi yigirma — yigirma besh yillik hisob-kitob muddatiga mo‘ljallanib ishlab chiqiladi.

❕ Aholi punktining bosh rejasi u to‘liq amalga oshirilguniga qadar yoki yangi bosh reja tasdiqlanguniga qadar amal qiladi.

🔰Bosh reja mavjud bo‘lmasa yoki uning yangi bosh rejasi ishlab chiqilayotgan davrda aholi punkti hududida joriy qurilish uchun yer uchastkasi ajratish bilan bog‘liq masalalar tuman (shahar) qurilish bo‘limining taqdimnomasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari bilan kelishib olinadi.

❗️ Aholi punktlari hududida obyektlarni bosh rejasiz va boshqa zarur shaharsozlik hujjatlarisiz loyihalashtirish hamda qurish taqiqlanadi.