• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik muhokamasi qay tartibda o‘tkaziladi?

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik muhokamasi qay tartibda o‘tkaziladi?
Iyun 8, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

🔰 Jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan shaharsozlik hujjatlarining yuridik va jismoniy shaxslar, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan muhokama qilinishi aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik muhokamasidir.

❗️Jamoatchilik muhokamasining o‘tkazilish tartibi muhokama boshlanishidan o‘n kun avval uning muddatlari va tartibi bilan aholi punktining bosh rejasi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etgan holda tanishtiriladi. Ya’ni ommaviy axborot vositalarida va maxsus vakolatli davlat organining internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida tegishli e’lonlar beriladi, korxona, muassasa va tashkilotlarning binolarida, jamoat joylarida, tahmin qilinayotgan qurilish maydonchasi hududida bannerlar, plakatlar va tashqi reklama vositalari o‘rnatiladi hamda ekspozitsiyalar tashkil etiladi.

🔎 Aholi punkti bosh rejasining jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish davomiyligi kamida o‘n besh kundan iborat bo‘lishi kerak.

🗂 Bildirilgan mulohazalar so‘rovnomalar, audiovideoyozuv, kelishib olish varaqasi, ishtirokchilarning yozma takliflari, jamoatchilik muhokamasi yig‘ilishining bayonnomasi shaklida qabul qilinadi.

📣 Shundan so‘ng jamoatchilik muhokamasi yakunlari bo‘yicha xulosa muhokama yakunlanganidan keyin o‘n besh kun ichida jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida va maxsus vakolatli davlat organining internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

‼️Aholi punktlarining bosh rejalari jamoatchilik muhokamasi natijalari hisobga olingan holda tasdiqlanadi.