• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga rioya etilishi - davlat nazoratida!

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga rioya etilishi – davlat nazoratida!
Yanvar 31, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qurilish vazirligining tegishli qaror va buyruqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, viloyat, tuman va shaharlar hokimliklari, hududiy qurilish boshqarmalari bilan hamkorlikda aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejaga amal qilishlari yuzasidan monitoring oʻtkazilmoqda.

Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, joylarda shaharsozlik qonun hujjatlari va tasdiqlangan bosh rejaning buzilish holatlari aniqlangan. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va tegishli chora koʻrish maqsadida Inspeksiyaning markaziy apparatiga, viloyat, tuman va shahar hokimliklariga, prokuratura organlariga, viloyat, tuman hamda shahar qurilish boshqarmalari va boʻlimlariga yozma maʼlumotlar yuborilgan.

Tasdiqlangan bosh rejalarga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan 2022-yil uchun viloyat Qurilish bosh boshqarmasi bilan birgalikda tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Bunda hududlardagi aholi punktlarining bosh rejalari, loyihalari va boshqa shaharsozlik hujjatlariga amal qilinishi yuzasidan monitoringlar oʻtkazish koʻzda tutilgan.