Ayni paytda poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Aholini uy-joylar bilan ta’minlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qurilish vazirining o‘rinbosari Shuhratxo‘ja Hoshimov “Ko‘p kvartirali uy-joylar qurilishi uchun yer uchastkalarini ajratilishi, uy-joylar qurilishi holati, sifati va belgilangan muddatlarda topshirilishini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi ma’ruzasi bilan ishtirok etyapti.