• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Aholini vaqtincha saqlash uchun qurilgan karantin zonasi (2020-yil mart)

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Videolavhalar > Aholini vaqtincha saqlash uchun qurilgan karantin zonasi (2020-yil mart)
Mar 15, 2021 Posted by: tested Videolavhalar Yangiliklar

2020 yil mart oyida Yuqori Chirchiqdagi 10 000 kishilik karantin zonasi qurilishida umumiy hisobda 5 000 nafar quruvchi kun-u tun ishlagan. Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi 10 000 o‘ringa mo‘ljallangan «Maxsus shifoxona»ning esa aprel oyida qurilish ishlari ikki smenada tashkil etilgan bo‘lib, 2 000 dan ortiq quruvchi, 600 dan ortiq texnika jalb qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Zangiotadagi ikkita shifoxonada «minglab bo‘sh o‘rinlari bor». O‘rinlarga ehtiyoj yo‘qligi uchun 2-shifoxonaning «A» blogi to‘liq yopilgan, «B» blokning bitta bo‘limi va ikkinchi bo‘limining yarmi ham yopiq.

Shu bois Sog‘liqni saqlash vazirligi ta’kidlaganidek, so‘nggi kunlarda kasallanish holatlari oshib borayotganiga qaramay, «umumiy ahvol xabarlarda aytilganidek vahimali emas», «asossiz xavotirga o‘rin yo‘q». Ammo sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilishni unutmang!!!