• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Andijon: Mas’ullarning mas’uliyati yana bir bor eslatildi!

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Videolavhalar > Andijon: Mas’ullarning mas’uliyati yana bir bor eslatildi!
Mar 17, 2023 Posted by: tested Videolavhalar Yangiliklar

Xabar berib borayotganimizdek, Andijon viloyatida sel, suv toshqini kabi tabiiy ofatlarni talofatsiz oʻtkazishga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari ishchi guruh tomonidan o‘rganib kelinmoqda. Kuni kecha Andijon va Asaka shaharlari, Xo‘jaobod, Andijon tumanlaridagi mavjud selxonalar hamda sel yo‘llarining holati ko‘zdan kechirildi.

🟠 Respublika ishchi guruhi tomonidan avvalgi o‘rganishlarda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar nazorat tarzida qayta o‘rganildi. Yangi obyektlarda aniqlangan muammoli masalalarni bartaraf qilish bo‘yicha mutasaddilarning javobgarligi eslatildi. Ishchi guruhi a’zolari belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilmagani uchun mas’ullar faoliyatini qattiq tanqid qildi.