• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

ANDIJON: SHAHARSOZLIK NORMA VA TALABLARI BAJARILMOQDAMI?

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > ANDIJON: SHAHARSOZLIK NORMA VA TALABLARI BAJARILMOQDAMI?
Mar 27, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Qurilish Vazirligi ishchi komissiyasi hamda Andijon viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi bilan birga Andijon viloyatida qurilayotgan ko‘p qavatli turar-joy binolarining qurilishi o‘rganilganda bir qator kamchiliklar aniqlandi. Aniqlangan muammolar yuzasidan hududiy inspeksiya tomonidan ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

1. Andijon shahar hokimining 18.10.2019 yildagi 798-q sonli qarori bilan Andijon shahri Mashrab ko‘chasida 7 qavatli (1-qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, yuqori qavatlari turar-joy) bino qurilishiga ruxsat berilgan. Belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018 yildagi 370-sonli qarori talablariga asosan qurilish obyektiga tegishli bo‘lgan shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan. Biroq, Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida loyihachi “Andijonfuqaroloyiha” MCHJ tomonidan Shaharsozlik norma va qoidalari talablarining bajarilishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Ularni bartaraf etish bo‘yicha 2021 yilda 2-7/41-sonli yozma ko‘rsatma berilgan. Berilgan yozma ko‘rsatmaga “Andijonfuqaroloyiha” MCHJ tomonidan o‘z vaqtida javob berilmaganligi uchun inspeksiya 35-sonli xat asosida O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudiga yuborgan.

2. Izboskan tumani hokimining 25.09.2019 yildagi 2915-q sonli qarori bilan Izboskan tumani Poytug shahri Mirzo Ulug‘bek MFY Yangi bozor ko‘chasi hududida ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilishiga ruxsat berilgan. Qurilish ishlari esa “Izzatbek savdo kapital” MCHJ tomonidan olib borilmoqda.

Ushbu obyekt bo‘yicha belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan. Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida “Izzatbek savdo kapital” MCHJ mansabdor shaxsiga Shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha 11.02.2021 yilda 03/03-1-sonli yozma ko‘rsatma berilgan. Yozma ko‘rsatma bo‘yicha tashkilot mas’ul shaxsi tomonidan o‘z vaqtida qurilishdagi kamchiliklar bartaraf etilmagani uchun Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida 32-sonli bayonnoma va 32-sonli xat bilan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tumani sudiga yuborilgan.

3. Andijon shahar hokimining 06.08.2018 yildagi 860-q sonli qarori bilan Andijon shahar, Fitrat ko‘chasida 6 qavatli (1-qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, yuqori qavatlari turar-joy) bino qurilishiga ruxsat berilgan.

Ushbu obyekt bo‘yicha ham shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan. Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha esa ushbu obyektning ish yurutuvchisiga Shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha 09.02.2021 yilda 14-2/006-sonli yozma ko‘rsatma berilgan. Berilgan yozma ko‘rsatma bo‘yicha o‘z vaqtida qurilishdagi kamchiliklarni bartaraf etib, chora-tadbirlarga belgilangan vaqtda javob berilmaganligi uchun inspeksiya tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida 36-sonli bayonnoma va 02.03.2021 yilda 36-sonli xat asosida O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudiga yuborilgan.

4. Baliqchi tumani hokimining 13.04.2020 yildagi 140-q sonli qarori bilan Baliqchi tuman, “Oqqo‘rg‘on” MFY hududida 9 qavatli (1-qavatlari “Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish” shahobchalari, yuqori qavatlari turar-joy) obyekt qurishga ruxsat berilgan. Qurilish pudrat ishlarini “Standart savdo plast” MCHJ olib bormoqda. Ushbu turar joy bo‘yicha belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan. Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha esa ularni bartaraf qilish yuzasidan 12.02.2021 yilda 02-8/7-sonli yozma ko‘rsatma berilgan. Berilgan yozma ko‘rsatma bo‘yicha mas’ul shaxs tomonidan o‘z vaqtida qurilishdagi kamchiliklar bartaraf etilmagani uchun inspeksiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Baliqchi tumani sudiga yuborilishi uchun hujjatlar tayyorlandi.

5. Andijon shahar hokimining 23.04.2020 yildagi 203-q sonli qarori bilan Andijon shahar “Yayilma” MFY, 4-qavatli turar-joylar hududida “And Ravnaq Construction” MCHJga 5 qavatli turar-joy binosi qurilishiga ruxsat berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018 yildagi №370-sonli qarori talablariga asosan qurilish obyektiga tegishli bo‘lgan shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirilishida buzilishlar mavjud ya’ni obyekt Andijon shahar Bosh rejasiga kiritilmagan hamda loyiha “Arxitektura-shaharsozlik kengashi” tomonidan ko‘rib chiqilmagan, bayon olinmagan.

Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha loyiha muallifi “Me’mor arch konsept” MCHJga Shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha 02.02.2021 yilda 2-7/2-m-sonli yozma ko‘rsatma berilgan. Berilgan yozma ko‘rsatmaga loyiha muallifi “Me’mor arch konsept” MCHJ direktori tomonidan o‘z vaqtida javob berilmaganligi uchun inspeksiya tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida 34-sonli bayonnoma rasmiylashtirilgan va 34-sonli xat bilan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudiga yuborilgan.

6. Izboskan tumani hokimining 08.06.2020 yildagi 249-q sonli qarori bilan Izboskan tumani, “Daminboychek” MFY hududida 2 dona 5 qavatli turar-joy binolari qurilishiga va loyiha-smeta hujjatlarini amalga oshirishga ruxsat berilgan. Qurilish pudrat ishlari esa “MIDX” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ushbu obyekt bo‘yicha belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan. Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida qurilishning ish yurutuvchisiga Shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha 12.02.2021 yilda 4863-sonli ko‘rsatma berilgan. Berilgan yozma ko‘rsatma bo‘yicha o‘z vaqtida qurilishdagi kamchiliklar bartaraf etilmagani uchun inspeksiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tumani sudiga yuborilgan.

7. Xo‘jaobod tumani hokimining 30.12.2019 yildagi 1725-q sonli qarori bilan Xo‘jaobod tumani, Ittifoq massividagi 5-7 qavatli turar-joy binosi qurilishiga yer maydoni ajratib berilgan.

Ushbu obyekt bo‘yicha belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan. Qurilish pudrat ishlari “Baraka Fayz ixtisoslashgan qurilish” MCHJ tomonidan olib borilmoqda. Ushbu qurilishning ish yurituvchisiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha inspeksiya tomonidan 12.02.2021 yilda 02-8/4-sonli yozma ko‘rsatma berilgan. Berilgan yozma ko‘rsatma bo‘yicha o‘z vaqtida qurilishdagi kamchiliklar bartaraf etilmagani bois O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumani sudiga yuborish uchun tayyorlangan.

8. Andijon shahar Buxoro ko‘chasida 9 qavatli, 1-qavatini savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, yuqori qavatlari 101 xonadonli turar-joy binosining qurilish ishlari “Smart panel hamkor” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan.

Belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018 yildagi №370-sonli qarori talablariga asosan shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan. Ushbu qurilishning ish yurituvchisiga Shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha 12.02.2021 yilda 14-02/009-sonli yozma ko‘rsatma berilgan. Mas’ul shaxs tomonidan berilgan yozma ko‘rsatma bo‘yicha o‘z vaqtida qurilishdagi kamchiliklar bartaraf etilmagani uchun inspeksiya tomonidan 02.03.2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumani sudiga topshirilgan.

 

Qurilish vazirligi

Matbuot xizmati