• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Andijonda noqonuniy qurilish obyekti aniqlandi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Andijonda noqonuniy qurilish obyekti aniqlandi
Fev 23, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoq orqali jurnalist Xurshid Daliyev kanalida Andijon shahar 2-kichik daha hududida 7 qavatli turar joy binosi qad ko‘tarayotgani, ammo aslida qurilishi tugallanmagan bino 2 qavatli tibbiy xizmat ko‘rsatish inshooti sifatida emas, balki 7 qavatli turar-joy binosi sifatida qurilishi boshlangani, ushbu turar-joy binosi qurilishi uchun dastlabki qurilishga ruxsat beruvchi shaharsozlik hujjatlari rasmiylashtirilmagani, bu bilan ushbu obyektdagi qurilish ishlari tegishli ekspertiza ko‘rigidan o‘tkazilmagani va unga taallluqli loyihalar qilinmagani tanqid ostiga olingan. Andijon viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan Andijon shahar 2-kichik daha hududidagi 4-qavatli turar-joylar o‘ramida “VELIKIY VELIKAN” MCHJ rahbari Abdullayev Ziyoviddin tomonidan o‘zboshimchalik bilan loyiha hujjatlarisiz 2-qavatiga yetkazib borgan holda (+ yerto‘lasi bilan) noqonuniy 519,84 kv.metrli binoni qurib borayotganligi holatini aniqlandi.

Bu holat bo‘yicha Andijon viloyati QS’HN inspeksiyasi 22.01.2021 yilda №02-04/39-sonli xati orqali Andijon shahar hokimiga hamda shu kungi №02-04/38-sonli xati bilan Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari I.Xolmatovga o‘zboshimchalik bilan qurib borilayotgan qurilishni to‘xtatishda amaliy yordam berishni so‘radi.

Bundan tashqari inspeksiyaning inspektorlari tomonidan obyekt joyiga bir necha borib, qurilish ishlarini olib borayotgan yollanma ustalarga obyekt egasini so‘rab murojaat etdi va ustalarga qurilish ishlarini to‘xtatishni bildirdi. Qurilish ishlari to‘xtatilmagach, surishtiruv orqali ushbu obyekt “VELIKIY VELIKAN” MCHJ tomonidan amalga oshirib borilayotganligi aniqlandi. Natijada, “VELIKIY VELIKAN” MCHJning ish boshqaruvchisi X.Tolipovga inspeksiyaning 27.01.2021 yildagi “Qurilish ishlarini to‘xtatish to‘g‘risi”dagi №14-2/001-sonli va №14-2/002-sonli yozma ko‘rsatmasi berildi va MCHJ rahbari Z.Abdullayevni xabardor qilish va qurilish montaj ishlarini olib bormaslik ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.05.2020 yildagi 343-sonli qaror asosida Andijon viloyati QS’HN inspeksiya “VELIKIY VELIKAN” MCHJ rahbari Z.Abdullayevdan olingan tushuntirish xati hamda til xatlari va boshqa asoslovchi hujjatlarni “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 99-moddasi 7-qismi bo‘yicha 08.02.2021 yilda sudga berdi va sud idorasi tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarimaga tortildi.

 

2021 yil 5 fevralda №10.2/14-20-sonli yana murojaatchilar talabnomasi bo‘yicha Andijon shahar qurilish bo‘limi va viloyat QS’HN inspeksiyasi mutaxassisi Andijon shahar 2-kichik daha hududidagi 4-qavatli turar-joylar hududida “VELIKIY VELIKAN” MCHJ tomonidan shaharsozlik hujjatlarisiz, o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda qurib borayotgan (2 qavatli + yerto‘lasi) qurilish obyekti joyda qayta o‘rganib chiqildi va quyidagilar ma’lum bo‘ldi.

“VELIKIY VELIKAN” MCHJga tegishli bo‘lgan 450 kv.metr yer maydonidan tashqari, qo‘shimcha o‘zboshimchalik bilan noqonuniy 96.84 kv.metrni qo‘shib olgan holda jami-519.84 kv.metrni egallab olib, (2qavatli + yerto‘lasi) bino qurilish ishlarini olib bormoqda.

 

Yuqori manzildagi ko‘chmas mulk hujjatida “Qurilishi tugallanmagan bino”ni taqdim etilgan mulk hujjatlarida mulklar quyidagicha ko‘rsatilgan (yer uchastkasining kadastr raqami: 17:15:02:04:04, hujjat bo‘yicha 450 kv.metr ekanligi ko‘rsatilgan). Ushbu qurilishi tugallanmagan obyekt, Andijon shahar Bosh rejasiga kiritilmagan. Amaldagi qonunlarga va SHNQ 2.07.01-03 talablari asosida atrofdagi 4 qavatli turar-joylarga nisbatan ushbu qurilish obyektining joylashuvini o‘rganib chiqilmagan. Shuningdek, bu obyekt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.20218 yildagi 370-sonli qarori talablari bo‘yicha hech qanday hujjat qilinmaganligi uchun ushbu qurilishni noqonuniy deb topilgan hamda bu ish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.07.2017 yildagi “Aholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga, shuningdek, tadbirkorlik maqsadlari uchun yer ajratish tartibini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 467-sonli qarori asosida Andijon shahar hokimligi ishchi komissiyasining vakolati hisoblanadi.