• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Anglashuv memorandumi imzolandi!

Mar 9, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

Ma’lumki, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan Koreya Respublikasining “Koreya fuqarolik qurilishi va qurilish texnologiyalari instituti” (KICT) hamkorligi doirasida Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti bilan birgalikda shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish, xorijiy standartlar bilan uyg‘unlashtirish va normativ bazani yangilash bo‘yicha qo‘shma loyiha ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlarni jadallashtirish maqsadida koreyalik ekspert mutaxassislar ishtirokida Koreya qurilish texnologiyalari va me’yoriy hujjatlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

✅ Unda Shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish, jumladan, seysmik loyihalash va seysmik yukni kamaytirish choralari, binolarning energiya samaradorligi va energiya samarador qurilish materiallari bo’yicha qo’shma loyihaning yo’l xaritasi, rivojlanish istiqbollari singari dolzarb masalalar muhokama etildi va yakunda KICT hamda Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikning yangi bosqichi — anglashuv memorandumi imzolandi!