• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

AOKAda Qurilish vazirligi boshqarma boshlig‘i Sherzod Sodiqov ishtirokida brifing o‘tkazildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Videolavhalar > AOKAda Qurilish vazirligi boshqarma boshlig‘i Sherzod Sodiqov ishtirokida brifing o‘tkazildi
Mar 23, 2021 Posted by: tested Videolavhalar Yangiliklar

Unda “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

〰️〰️〰️

🏚 2021 yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlash vazifasi belgilandi. Jumladan:

➖davlat dasturi asosida 45 ming xonadonli uylar;

➖yangi tartib asosida shaharlarda 17 354 ta;

➖qishloq joylarda 9 260ta;

➖6 500 ta yakka tartibdagi uylar quriladi.

✔️ Ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy turar joy bilan ta’minlash uchun qishloqlarda 8 336ta — “Qishloq qurilish invest”, shaharlarda 3 550ta “O‘zshahar qurilish invest” ishtirokida quriladi.

⚠️ Hokimliklar o‘tgan davrlarda qurilgan massivlar yoki ko‘p qavatli turarjoy komplekslar hududlardagi bo‘sh yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazadi va uy-joylar quriladigan yer uchastkalarining manzilli ro‘yxatini shakllantiradi.

📎 Farmon talablariga ko‘ra, hududda ijtimoiy-iqtisodiy va bozor infratuzilma obyektlari (maktab, tibbiyot va maktabgacha ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish obyektlari va hokazo) mavjudligi va muhandislik tarmoqlari (ichimlik suv ta’minoti, elektr tarmoqlari, gaz ta’minoti, oqava suv va aloqa tarmoqlari) bilan ta’minlanganligiga alohida e’tibor qaratish lozim.

🏦Tijorat banklari, tadbirkorlik subyektlari Injiniring kompaniyalari bilan “texnik buyurtmachi funksiyasi”ni (texnik, mualliflik, qurilish sohasidagi nazoratlarini o‘rnatish va o‘zaro hisob-kitoblar) amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzadi.

🏗 Ko‘p kvartirali uy-joylar qishloq joylarda 5 va undan yuqori qavatli, shaharlarda 9 va undan yuqori qavatli, monolit temir-beton va yirik panelli konstruksiyalar hamda boshqa qurilish materiallari asosida, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ikkinchi darajadan past bo‘lmagan issiqlik himoyasi bilan ta’minlangan holda massiv shaklida quriladi.

💰 Shaharlarda ko‘p kvartirali uy-joylar qurish uchun yer uchastkalarini E-IJRO auksioni tushumlari va zarur hollarda mahalliy budjet va boshqa mablag‘lar hisobidan, qishloqlarda esa respublika budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi

🧹 Qurilayotgan uy-joylarga tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari hokimliklar tomonidan mahalliy budjet va boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

📌 Qurilish vazirligi uylar sifatli va maqbul narxlarda bo‘lishi uchun 7 xil namunadagi energotejamkor loyihalar ishlab chiqdi.

🌐 Aholiga yakka tartibdagi uylar qurish namunaviy loyihalari bepul foydalanish uchun vazirlik veb-saytda joylashtirildi va doimiy yangilanadi.

🔎 Uy-joylar qurishda xorijiy mutaxassislar ishtirokida mualliflik va texnik nazoratni tizimli amalga oshiradi.

🏦 2021 yil 15 martdan boshlab tijorat banklariga o‘z resurslari hisobidan ulushdor-jismoniy shaxslarga berilgan ipoteka kreditlarini Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qayta moliyalashtirishga ruxsat berildi. Bu esa bosqichma bosqich moliyalashtirish asosida uy-joylar tannarxini sun’iy oshib ketishining oldini oladi.

🏚 Ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish faqat yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan hamda Qurilish vazirligida elektron ro‘yxatga kiritilgan quruvchilar tomonidan amalga oshirilishi mumkinligi belgilangan.

Ya’ni:

📌 Ulush kiritish asosida quruvchilar rd.mc.uz saytiga foydalanuvchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tadi.

📌 Guvohnoma, bosh pudrat shartnomasi, yer ajratish to‘g‘risida qarora, loyiha-smeta va ekspertiza taqdim qilinishi shart.

📌 Texnik, mualliflik hamda davlat nazorati bilan tuzilgan shartnomalar kiritiladi.

📌 20% mablag‘i mavjudligi to‘g‘risida va bankda alohida hisob raqam ochilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma kiritiladi.