“Poytaxt” savdo markazi oldida qurilish ishlari hali boshlanmagan
🖇 Toshkent shahar hokimining tegishli qarorlariga asosan, Mirobod tumani, Matbuotchilar ko‘chasida joylashgan mavjud avtutargoh o‘rniga maydoni 0,23 gektarli yer uchastkasida “Yerto‘la qismida avtoturargoh bo‘lgan savdo majmuasi va ofis binolarini qurish uchun” yer uchastkasini zaxiralash hamda loyixa smeta hujjatlarini ishlab chiqishga ruxsat berilgan hamda loyiha hujjatlari tegishli tartibda kelishilgan.
📈 Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan qurilishning chegara hududlari belgilab berilgan.
📌 Hozirgi kunda qurilish hududi qurilish texnika xavfsizligi va mehnat xavfsizligi talablariga asosan, vaqtincha tunikali yengil konstruksiyalar bilan o‘rab olingan hamda bugungi kunda qurilish ishlari boshlanmagan.