ARXITЕKTURA-SHAHARSOZLIK HUJJATLARINI ISHLAB CHIQISH BO‘YICHA FAOLIYATNI LITSENZIYALASH
Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar:
- soha bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lgan bosh muhandislar va loyiha arxitektorlari, bosh hamda yetakchi mutaxassislar diplomlari;
korxonaga ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqlar nusxalari; - mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bino-inshoot hamda asbob-uskunalar va inventarlarning talabgorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari.
Litsenziya talabgori III toifadagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga litsenziyani olish uchun qo‘shimcha ravishda o‘ntadan kam bo‘lmagan obyektni loyihalash bo‘yicha jami bajarilgan ishlarning ro‘yxatini, ular yuzasidan mazkur sohada tegishli vakolatga ega bo‘lgan ekspertiza organlari bergan xulosalar nusxalarini hamda ushbu obyektlar bo‘yicha mualliflik nazorati daftarlarini taqdim etishi lozim.
XIZMAT KO‘RSATISH MUDDATI:
Talabgorining yozma xabari olinganidan keyin besh ish kuni ichida unga litsenziya berishi shart
XIZMAT NARXI: 3 BXM
Me’yoriy hujjatga havola: https://lex.uz/docs/4325671#4326488