Arxitektura-qurilish sohasida 2 ta universitet tashkil etildi

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Qurilish qonunchiligidagi yangiliklar > Arxitektura-qurilish sohasida 2 ta universitet tashkil etildi
Noyabr 9, 2022 Posted by: tested Qurilish qonunchiligidagi yangiliklar Yangiliklar Qurilish qonunchiligidagi yangiliklar Qurilish qonunchiligidagi yangiliklar Qurilish qonunchiligidagi yangiliklar Qurilish qonunchiligidagi yangiliklar Qurilish qonunchiligidagi yangiliklar Qurilish qonunchiligidagi yangiliklar Qurilish qonunchiligidagi yangiliklar Qurilish qonunchiligidagi yangiliklar Qurilish qonunchiligidagi yangiliklar Qurilish qonunchiligidagi yangiliklar Qurilish qonunchiligidagi yangiliklar

Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–416-son, 08.11.2022 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko‘ra:

🔹Toshkent arxitektura-qurilish instituti Toshkent arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, u muhandislik, arxitektura, qurilish hamda qurilish materiallari texnologiyalari yo‘nalishlariga ixtisoslashtiriladi.

🔹Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, madaniy meros ob’ektlarini tiklash, dizayn, arxitektura, qurilish, urbanizatsiya va muhandislik yo‘nalishlariga ixtisoslashtiriladi.

📝 Universitetlarda o‘quv jarayonlari davlat, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kredit-modul tizimi asosida olib boriladi va ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshirishga yo‘naltirilgan Oliy ilm-fan maktabi tashkil etiladi.

🗓 2023 yil 1 yanvardan boshlab Universitetlarga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.

✅ Universitetlar tuzilmasida Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor lavozimi joriy etiladi.

▶️ 2023 yil 1 martga qadar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini xalqaro ta’lim va kasb klassifikatorlariga muvofiq maqbullashtiriladi.

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Texnopark, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida Inkubatsiya markazi tashkil etiladi.