• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Arxitektura va hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish boshqarmasini asosiy vazifalari

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Arxitektura va hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish boshqarmasini asosiy vazifalari

Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
— Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari, shuningdek tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlimlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtib borish;
— respublika hududida aholini joylashtirishning bosh tarhini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlarini hamda tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkillashtirish, shaharsozlik hujjatlari va davlat shaharsozlik kadastri amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish;
— hududlarda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qilinishini tashkil etish;
— zamonaviy arxitektura va shaharsozlik texnologiyalarini hisobga olgan holda hududlarni joylashtirish, rejalashtirish va qurishning ilmiy asoslangan sxemalari bilan taʼminlanishini tashkil etishda ishtirok etish;
— mahalliy davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati obʼektlarini joylashtirish hamda tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritish;
— shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq va oʻrta muddatli davlat, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;
— shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar olib borish sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosat olib borish, normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash ishlarini amalga oshirish;
— shaharsozlik hujjatlarini amalga tatbiq etish monitoringini va davlat shaharsozlik kadastrini yuritish ishlarini tashkil etish;
arxitektura va shaharsozlik sohasidagi mutaxassislarning malakasini doimiy asosda oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish.

Boshqarma oʻziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

— Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirishning bosh tarhi ishlab chiqilishini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududini rejalashtirish tarhlari va umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obʼektlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilishini taʼminlaydi;

— aholi punktlari hududlarni rivojlantirish va qurish toʻgʻrisida shaharsozilik hujjatlari ishlab chiqilishini moliyalashtirish, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha monitoringini olib boradi va ishlab chiqilgan shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish va tasdiqlash ishlarini tashkil etadi;

— muhandislik izlanishlari sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshirishda, kapital qurilish uchun kompleks muhandislik izlanishlarining davlat fondini yaratilishida ishtirok etadi;

— turar joy, jamoat binolari va boshqa shaharsozlik obʼektlarini qurilishida koʻp martalab qoʻllaniladigan yakka tartibdagi, namunaviy va tajriba loyihalarini ishlab chiqilishi masalasida takliflar kiritadi;

— umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obʼektlari uchun chegaralar belgilash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflarni tayyorlaydi;

— shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni va Davlat shaharsozlik kadastrini yuritilishini tashkil etadi;

— Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish boshqarmalarining hududlarni rivojlanishini rejalashtirish va qurish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi funktsiyalarini muvofiqlashtirib boradi;

— shaharsozlik hujjatlari masalalari boʻyicha buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqishda qatnashadi;

— shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari va shaharsozlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini boʻyicha takliflar ishlab chiqilishida bevosita ishtirok etadi;

— hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq va oʻrta muddatli davlat, respublika, maqsadli, tarmoq va hududiy dasturlarni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;

— shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar olib borish sohasida yagona ilmiy-texnika siyosatini olib boradi;

— texnik muhandislik izlanishlari sohasida yagona siyosatni amalga oshirishda hamda kapital qurilish uchun kompleks muhandislik izlanishlari davlat fondini shakllantirishda ishtirok etadi;

— shaharsozlik sohasida ilmiy-texnika taraqqiyoti muammolarini maqbul tarzda hal etish uchun ilmiy-texnika kengashi faoliyatini tashkil etadi;

— oʻz vakolatlari doirasida shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalarining ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

— zamonaviy talablarga mos keladigan hududiy tarmoqlarni kengaytiradi, yakka tartibdagi, turar joy, jamoat binolari va boshqa binolarning namunaviy, takror qoʻllaniladigan, eksperimental va tajriba loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqilishi boʻyicha takliflar kiritadi;

— Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashlari ishini muvofiqlashtirib borish va monitoringini yuritadi;

— Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi ishini tashkil etadi, kengash bayonlarini rasmiylashtiradi va Davarxitektqurilish vakolatida boʻlgan shaharsozlik hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror loyihalarini tayyorlaydi;

— arxitektura va shaharsozlik sohasidagi ilgʻor tajribalarni amaliyotga tadbiq qilish uchun hududiy arxitektura organlarining ish faoliyatini, tajribalarini oʻrganadi, umumlashtiradi, tarqatadi va bir-birlari bilan tajriba almashishlarini yulga kuyadi;

— hududiy arxitektura organlarining ish tajribalarini oshirish maqsadida shaharsozlik sohasi Hukumat qarorlar ijrosi taʼminlash, ularning mazmun va mohiyatini yetkazish maqsadida hududlarda oʻquv seminarlarini tashkil etadi;

— arxitektura va shaharsozlik sohasidagi loyihachilar va mutaxassislarning doimiy asosda malakasini oshiradi va ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi.

Boshqarma qonunchilikka muvofiq boshqa funktsiyalarni ham amalga oshiradi.