Yangi asr iste’dodlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hududlar, vazirlik va idoralarda O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi talablari ijrosini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi rahbariyatining shaxsiy mas’uliyati to‘g‘risida” 2020 yil 24 apreldagi Rayosat majlisi 48-son bayonining 26-bandi ijrosi bo‘yicha ma’lumot:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hududlar, vazirlik va idoralarda O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi talablari ijrosini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi rahbariyatining shaxsiy mas’uliyati to‘g‘risida” 2020 yil 24 apreldagi Rayosat majlisining 48-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Qurilish vazirligining 2020 yil 8 maydagi 134-son buyrug‘i qabul qilindi.
Mazkur buyruqda belgilangan vazifalar asosida ishlar tashkil etildi. Unga ko‘ra ilk bora onlayn tarzda “Yangi asr iste’dodlari-2020” respublika ko‘rik-tanloviga ishlar va ma’lumotlar 2020 yil 11 maydan – 25 may soat 18.00 gacha qabul qilindi. Tanlovga respublikadagi 8 ta oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalalarning 150 dan ortiq loyiha, ishlanma va ijodiy ishlari taqdim etildi. Loyiha, ishlanma va ijodiy ishlarni xolislik va shaffoflikda baholashni tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi, yetakchi loyiha tashkilotlari mutaxassislari va professor-o‘qituvchilardan iborat har bir yo’nalish bo’yicha 3 nafar tarkibda hay’at a’zolari shakllantirildi. Hay’at a’zolari tomonidan g‘oliblar 9 ta nominatsiya bo‘yicha 100 ballik baholash mezonlari asosida aniqlandi. Tanlovda g‘olib bo‘lgan sovrindor talabalar ro‘yxati 2020 yil 3 iyun kuni vazirlikning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida hamda boshqa ommaviy axborot vositalarda e’lon qilindi.
Ko‘rik-tanlov natijasiga ko‘ra, faxrli birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan sovrindorlarni Qurilish vazirligining maxsus diplomi hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan karantin muddati tugagandan so‘ng taqdirlash rejalashtirilgan.