• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Ayni vaqtda o‘quv markazining tantanali ochilish marosimi davom etmoqda

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Ayni vaqtda o‘quv markazining tantanali ochilish marosimi davom etmoqda
Iyun 3, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

📣 Xabar qilganimizdek, Mamlakatimizda ilk bor Qurilish vazirligi tarkibidagi Toshkent qurilish kollejida Rossiya Federatsiyasining “Texnonikol” kompaniyasi Qurilish Akademiyasining o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi.

🔰 Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Adilov o‘z ma’ruzasida o‘quv markazining maqsad va vazifalari xususida to‘xtalar ekan, qurilish sohasi mutaxassislarini tayyorlash, ularning malakasini oshirishda mazkur ta’lim muassasasi muhim o‘rin tutishini e’tirof etdi.

⚡️ O‘z navbatida rossiyalik mehmonlar O‘zbekistonda hamkorlik uchun qulay muhit yaratilganini ta’kidlab, aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Tadbir ishtirokchilari o‘quv markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.