• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Baliqchi tumanidagi Xalfa qishlogʻida joylashgan 13-oilaviy poliklinika batamom yangi qiyofada qayta ish boshladi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Baliqchi tumanidagi Xalfa qishlogʻida joylashgan 13-oilaviy poliklinika batamom yangi qiyofada qayta ish boshladi
Apr 8, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

✍️Poliklinikamizning oldingi binosi 1964-yilda qurilgan boʻlib, bugungi kun talabiga mutlaqo javob bera olmay qolgan edi, – deydi shifokor Qobiljon Moʻminov. – Eng achinarlisi, mavjud sharoitdan qoniqmagan bemorlar qoʻshni manzildagi poliklinikalarga murojaat qilishga majbur edi. Bugun esa eng zamonaviy binogagina emas, balki, soʻnggi rusumdagi tibbiy texnik vositalarga ham ega boʻldik. Bu hududimizda istiqomat qiluvchi 10 ming nafardan ziyod aholi salomatligini asrash va tiklashda katta ahamiyatga ega.

▶️Yangi bino 150 qatnovga ixtisoslashgan boʻlib, 10 nafar bemor uchun kecha-yu kunduz yotib, davolanish imkoni mavjud. Buning uchun 8 nafar shifokor hamda 30 nafar hamshira samarali ish yuritmoqda.

✅Poliklinika Nasrinobod, Mallachek va Navnihol mahallasida istiqomat qiluvchi aholiga ham birdek xizmat qilyapti. Shu tariqa eng chekka hududlarda ham sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish samaradorligi oshib bormoqda.