• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Barchasi nazorat ostida

Yanvar 11, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🔎 Mamlakatimizda kuzatilayotgan sovuq havo sharoitida aholiga issiqlik energiyasini sifatli va uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash, qozonxona hamda issiqlik tarmoqlaridagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish, qozonxonalar faoliyati va issiqlik energiyasi yetkazib berilayotgan obyektlardagi holatni joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Issiqlik ta’minoti boshqarmasi xodimlari Navoiy, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan issiqlik ta`minoti korxonalarida bo‘lib turibdilar. Mas’ullar issiqlik markazlarida aniqlanayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rishmoqda.

⚡️Shuningdek, issiqlik markazlarida tashkil etilgan dispetcherlik xizmati faoliyati ham ko‘zdan kechirilmoqda. Barcha qozonxonalarda avariya-dispetcherlik xizmatlari shay holatga keltirilgan.

🟢Mutaxassislar qozonxonalarga ulangan uylarning oxirgi nuqtalarigacha kirib, xonadonlarning issiqligini tekshirmoqdalar.