❕ Bugungi kunga kelib respublikada jami 800 ga yaqin boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. E’tiborlisi, o‘tgan qisqa davrda mamlakatimizdagi mavjud 40 631 ta ko‘p qavatli uyning 90 foiziga ushbu boshqaruv tashkilotlari tomonidan xizmat ko‘rsatila boshlandi. Bu ayni yo‘nalishdagi islohotlar samarasini ko‘rsatib turibdi. Boshqaruv kompaniyalari hozirga qadar uylarni ta’mirlash, hududlarning infratuzilmasini yaxshilash, moddiy-texnik bazasini shakllantirishga o‘z hisobidan 268 mlrd so‘mdan ortiq investitsiya mablag‘larini kiritdi.
🟪 So‘nggi 6 yil davomida ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash dasturlari doirasida jami 2 trln 270 mlrd so‘m mablag‘ hisobidan 31 000 ta uy mukammal yoki joriy ta’mirlandi hamda 1 114 ta lift uskunalari yangisiga almashtirildi.
Alohida ta’kidlash lozimki, joriy yil qish mavsumida kuzatilgan energiya taqchilligi barchamizni mavjud resurslardan oqilona foydalanishga undashi tabiiy. Shundan kelib chiqqan holda poytaxtimizdagi 1 825 ta ko‘p kvartirali uyning ichki muhandislik tarmoqlarini ta’mirlash uchun respublika va mahalliy budjetdan 200 mlrd so‘m mablag‘ jalb qilinishi belgilandi va hozirda ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.