🔎 Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish dasturi doirasida 50 dan ortiq markaziy va mahalliy qozonxonalar hamda 132, 2 km uzunlikdagi issiqlik quvurlari modernizatsiya qilindi. Natijada 45 721 ta xonadondan iborat 1 069 ta ko‘p qavatli uy va 143 ta ijtimoiy soha obyektlari issiqlik energiyasi bilan ta’minlandi.
Toshkent viloyatidagi 7 ta shahar va 15 ta tuman markazlarida issiqlik energiyasi ta’minotini tiklash loyihasi natijasida Toshkent viloyatidagi 868 ta ko‘p kvartirali uy va 42 ta ijtimoiy soha obyektlari issiqlik ta’minotiga ega bo‘ldi.
🔤 Joriy yilda respublika budjeti mablag‘lari hisobidan issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun 250 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur loyihaga ko‘ra 5 ta qozonxona va 23 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari yangidan quriladi, 247 ta individual issiqlik punktlari o‘rnatiladi, 9 ta qozonxona va 96 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari amalga oshiriladi.