Ayni daqiqalarda O‘zbekiston milliy akademik drama teatrida kommunal soha xodimlari kuniga bag’ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirni Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirining birinchi o’rinbosari Sherzod Hidoyatov tabrik so‘zi bilan ochib berib, soha vakillarini kasb bayrami bilan samimiy qutladi:
📝 “Odamlarning og‘irini yengil qilish eng himmatli kasb, zero sizning yelkangizda aholi uchun qulay yashash sharoitlarini ta’minlashdek katta mas’uliyat yotadi. Har bir oiladagi farovonlik, har bir uyning iliqligi ko‘p jihatdan uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimining barqaror va ishonchliligiga, ushbu sohada ishlaydigan odamlarning mahorati hamda yuqori mas’uliyatiga bog‘liq. Sir emas, o‘tgan qish mavsumi barchamiz uchun sinovli keldi. Bunda ayniqsa kommunal soha xodimlarining salohiyati, faoliyatiga bo‘lgan sadoqati, sabri va matonati sinaldi. Anomal sovuq havo sharoitida u xoh erkak xodim bo‘lsin, xoh ayol tunni tun, kunni kun demay ishladi. Sovuqchilik, bo‘ronlar ularning shaxsiy mas’uliyatidan ustun bo‘la olmadi,” – dedi Sherzod Hidoyatov.