AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ushbu savol yuzasidan batafsil ma’lumot berdi:
💸 Mutaxassislarning fikricha, bazalt plitalari bilan qoplangan uylarda o‘rtacha 30-35 foizgacha energosamaradorlikka erishish mumkin.
✅Bazaltning samarasi yoz oylarida ham seziladi, havo sovutkich qurilmalariga bo‘lgan ehtiyoj uch baravarga kamayadi, chunki bazalt qishda issiqni, yozda sovuqni nisbatan saqlash xususiyatiga ega.
📶 Bazalt tolali qoplama tashqaridagi shovqinni ham ancha pasaytiradi va odatdagi 30-40 detsibel shovqinni 15-20 detsibelgacha kamaytirishi tajribalarda ko‘p bora isbotlangan.
〰️〰️〰️
🏛 Toshkent shahridagi Uchtepa va Chilonzor hamda Toshkent viloyatining Chirchiq va Angren shaharlari hududlarida namuna sifatida ko‘p qavatli uylarni bazalt plitalari bilan qoplash ishlari boshlangan.
Keyingi jarayonlar faqat tender asosida amalga oshiriladi. Agar davlat bilan sheriklikda qilinadigan bo‘lsa, uni maxsus direksiyalar muvofiqlashtiradi.