• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

BЕKATLAR TARTIBGA KЕLTIRILMOQDA

May 7, 2022 Posted by: tested Yangiliklar


❗️Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahridagi jamoat transporti bekatlarida yo‘lovchilarga sharoit yetarli emasligi to‘g‘risida fikrlar bildirilgan edi. Viloyat Qurilish bosh boshqarmasidan xabar berilishicha, shahar qurilish bo‘limi bu masalani atroflicha o‘rganish uchun ishchi guruhi tuzdi. Uning a’zolari barcha bekatlarni hatlovdan o‘tkazib, tasdiqlangan loyihaga muvofiq kelish-kelmasligini nazoratdan o‘tkazmoqdalar.

✅Qayd etilgan natijadan kelib chiqib, bekatlarni qurgan tadbirkorlarga holatni o‘nglash yuzasidan ogohlantirish va yo‘l-yo‘riq berilmoqda. Hozirgacha Amir Temur va Navoiy ko‘chalaridagi N.Nabijonova hamda D.Yunusovaga qarashli bekatlar yo‘lovchilar uchun qulay holatga keltirildi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda. Ular viloyat Qurilish bosh boshqarmasi mutaxassislarining nazorati ostida.