🚫 Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, viloyatda shaharsozlik qoidalariga zid bo’lgan 746 ta noqonuniy qurilish mavjud. Birgina Samarqand shahrida 167 ta turli bino va imorat o’zboshimchalik bilan tiklanmoqda. Shahar arxitektura va qurilish bo’limi tomonidan 101 ta yer tuzish hamda kadastr bo’limi mutaxassislari ishtirokida 66 ta noqonuniy uy-joy qurilishi aniqlangan.
📰🗞
💻 Qurilishda turli platforma va tizimlardan keng foydalanilayotgani soha vakillarining vaqtini tejash, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olishda qo’l kelyapti.
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi ning yo’lga qo’yilishi natijasida tarmoqdagi davlat xizmatlarini to’liq raqamlashtirish, hujjatlarning elektron shaklda aylanishini ta’minlash, qurilayotgan inshootning holatini real vaqt rejimida kuzatib borish imkonini bermoqda.
📰🗞
📈 Chirchiq shahrining Iftixor mahallasidagi “Yangi O’zbekiston” massivida qurilish ishlari jadal bormoqda. Ijtimoiy soha obyektlari soni ham kun sayin ko’payib, Chirchiq yurtimizdagi eng ko’rkam va jadal rivojlanayotgan shaharlardan biriga aylanib boryapti.
📎 Bu yerdagi ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, kommunal xizmatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. Mazkur massiv Prezidentimiz topshirig’i bilan kompleks rivojlanish tamoyili asosida bunyod etilib, bunday islohotlardan ko’zda tutilgan maqsad, aholiga munosib turmush sharoiti yaratib berishdan iboratdir.
✅ Qurilish sifati, iqtisodiy, ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari har tomonlama aholi istaklariga mos va xos bo’lishi kerakligi, zamonaviy innovatsiya hamda investitsiyalarni jalb etgan holda massivda bunyodkorlik ishlari ko’lamini yanada kengaytirish hozirgi kunning muhim talabidir.
🗞 Ushbu maqolalarning batafsil bayoni hamda sohada olib borilayotgan boshqa bir qator xabarlar bilan “O‘zbekiston Bunyodkori” gazetasining telegram kanalida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.