🌳 Mavzelardagi yashil hududlarning kishi boshiga toʻgʻri keladigan maydonlari yuzasidan qanday talablar borligini bilasizmi?
“Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishni rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarining 15-jadvaliga asosan mavzelardagi yashil hududlarning maydon oʻlchamlari koʻkalamzorlarni yaratish sharoitlariga bogʻliq tarzda belgilanadi.
⛰ Qulay sharoitda yaʼni tekislik va togʻoldi vohalarida:
• bogʻlar, xiyobonlar – 1 m2 /kishi
• turar joy uylari guruhlari va mahalla markazlari qoshidagi bogʻlar – 1-1,5 m2 /kishi
• asosiy piyoda yoʻnalishlaridagi yoʻlaklar – 1-1,5 m2 /kishi
🏜 Cheklangan qulay sharoitda (choʻl-sahro vohalari, qoʻriq yerlar):
• turar joy uylari guruhlari va mahalla markazlari qoshidagi bogʻlar – 1-1,5 m2 /kishi
• asosiy piyoda yoʻnalishlaridagi yoʻlaklar – 1-1,5 m2 /kishi.