• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

BILASIZMI

Apr 26, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

✅ Siz qurilishi boshlanmagan yoki davom etayotgan koʻp kvartirali uydan xonadon xarid qildingiz…

Endilikda ulushdor sifatida nimalarga haqli ekaningizni bilasizmi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-maydagi “Koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan ulushdor fuqarolar quyidagilarni amalga oshirishga haqli:

• qurilish obyektidagi qurilish ishlari holati bilan tanishish;
• shartnoma shartlari bajarilishi boʻyicha quruvchidan yozma shaklda maʼlumot talab qilish;
• qurilish obyektlarini qurish ustidan texnik, shuningdek, mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslarni yoki mutaxassislarni jalb qilish orqali amalga oshirish.