• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

BILASIZMI

Apr 26, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Qurilishda ichki nazorat qay tartibda amalga oshiriladi?

Shaharsozlik kodeksining 30-moddasiga koʻra ichki nazorat pudratchi tomonidan qurilishdagi kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlash, bartaraf etish va oldini olish boʻyicha choralar koʻrish maqsadida amalga oshiriladi.

Ichki nazorat boʻyicha mutaxassis:
• shaharsozlik hujjatlarining shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi yuzasidan kirish nazoratini;
• qurilish materiallari, konstruksiyalari, buyumlari va uskunalarini tashqi koʻzdan kechirgan holda ularning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga, ish chizmalariga, pasportlarga, sertifikatlarga va sifatini tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan kirish nazoratini;
• texnik va mualliflik nazorati boʻyicha mutaxassislar ishtirokida muhim konstruksiyalarni ularning tayyor boʻlishiga qarab, qabul qilib olish yoʻli bilan qurilish jarayonlari texnologiyalariga rioya etilishiga doir operatsiyalar boʻyicha nazoratni;
• tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq, qurilish-montaj ishlarini qabul qilib olish nazoratini amalga oshiradi.

Qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish pudratchining qurilish laboratoriyasi yoki shartnoma asosida jalb etiladigan tashkilot tomonidan taʼminlanadi.