❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 3-yanvardagi 3-son qarori 20-moddasiga muvofiq ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlarining avariya-dispetcherlik xizmati tomonidan:
-ichimlik va issiq suv, issiqlik hamda elektr ta’minoti tarmoqlarining ichki tizimlaridagi, shuningdek ko‘p kvartirali uyning tom qismidagi avariya shikastlanishlari to‘g‘risida ariza ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yarim soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda lokalizatsiya qilinishi;
-xonadon ichidagi oqova suv quvurlari (kanalizatsiya)ning tiqilib qolish va muhandislik tarmoqlarining ifloslanish holatlarini ariza ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab ikki soat ichida bartaraf etilishi;
-sovuq (ichimlik) va issiq suv, issiqlik hamda elektr ta’minoti, oqova suv, jumladan, boshqa ichki muhandislik tizimlarining avariyaviy shikastlanishini ushbu holat ro‘y berganligi ma’lum bo‘lgan vaqtdan yoki bu haqda kelib tushgan ariza ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab uch kundan oshmagan muddatda bartaraf etilishi lozim.