• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Koʻp xonadonli turar-joy uylari oʻrtasidagi oraliq masofa qanchani tashkil etishi kerakligini bilasizmi?

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Koʻp xonadonli turar-joy uylari oʻrtasidagi oraliq masofa qanchani tashkil etishi kerakligini bilasizmi?
Apr 14, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Shaharsozlik norma va qoidalarining “Shaharsozlik shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” talablariga muvofiq, bunday binolarning uzun tomonlari oʻrtasidagi masofalar xonalarning yaqqol koʻrinmaslik talablaridan kelib chiqqan holda quyidagicha qabul qilinishi lozim:

• balandligi 2-3 qavat boʻlgan turar-joy uylari uchun – 15 metrdan kam boʻlmasligi;
• 4-5 qavatlilar uchun – 25-30 metrdan kam boʻlmasligi (yashash xonalarida derazalari boʻlgan ushbu binolarning uzun tomonlari va yon tomonlari uchun – 10 metrdan kam boʻlmasligi);
• 9 va undan koʻproq qavatli binolar uchun oraliq masofa – 40-45 metrdan kam boʻlmasligi (yashash xonalarida derazalari boʻlgan ushbu binolarning yon tomonlari uchun – 20-25 metrdan kam boʻlmasligi);
• zilzilaligi 8 ball va undan yuqori boʻlgan maydonlarda turar-joy binolarining uzun tomonlari orasidagi masofalar eng katta bino ikki baravar balandligidan kam boʻlmasligi zarur.

📝 Shaxsiy turar-joy binolari va bogʻ-dala hovli qurilmalari joylashgan tumanlarda turar-joy binolari (xonalar, oshxonalar va ayvonlar) derazalaridan qoʻshni yer uchastkalarida joylashgan uy va xoʻjalik binolari devorlarigacha boʻlgan masofa 6 metrdan kam boʻlmasligi kerak. Bunda yaqqol koʻrinmaslik va qoʻshni yer uchastkalarini pana qilmaslik talablariga rioya qilinishi lozim.

Uchastka chegarasidan boʻlgan masofa quyidagilardan kam boʻlmasligi zarur:
• turar-joy binosi devorigacha 3 metr;
• xoʻjalik binolarigacha 1 metr.