• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

BILASIZMI

Apr 18, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

❔Shaharsozlik norma va qoidalarida panduslar masalasida qanday talablar qoʻyilgan?

Harakatlanish yoʻllarida zinalar bilan bir qatorda panduslar ham qoʻllanilishi kerakli “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” talablarida keltirilgan.

Binolarning ichki va tashqi qismida, koʻchalarda, yer osti va yer usti oʻtish joylarida lift va pandus boʻlmagan holatlarda oʻrindiqli aravachadagi nogironligi boʻlgan shaxslarning zinalardan foydalanishi uchun maxsus koʻtaruvchi moslamalar oʻrnatilishi lozim.

– Piyodalar yoʻlkasining gorizontal qiyaliklari oraligʻida panduslar oʻrnatilishi koʻzda tutilishi kerak.
– Pandus va ularning toʻsiqlari yongʻinga chidamli materiallardan qurilgan boʻlishi lozim.
– Oʻrindiqli aravachadagi nogironligi boʻlgan shaxslar harakatlanishi uchun pandusning kengligi 1 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
– Pandus har bir marshining koʻtarilish balandligi 0,8 metrdan oshmasligi darkor. Bunda pandusning boʻylama qiyaligi 1:12 nisbatda, koʻndalang qiyaligi esa 1:50 nisbatda boʻlishi kerak.

Shuningdek, panduslar cheti 0,15 — 0,20 metr balandlikdagi bortlarga va 0,7 — 0,9 metr balandlikda tutqichlarga ega boʻlishi, tutqichlarning uzunligi pandus uzunligiga nisbatan 0,03 metr uzunroq boʻlishi kerak. Tutqichning aylana diametri 0,04-0,05 metrni tashkil etishi lozim.
Har bir pandusning boshi va oxirida aravachaning qiyinchiliksiz burilishiga imkon beradigan, pandus kengligidan kam boʻlmagan va uzunligi kamida 1,5 metr boʻlgan gorizontal maydoncha loyihalanishi lozim.
Pandus yoʻnalishi oʻzgarsa, yoʻnalish oʻzgarishi boʻylab maydonchaning eni 1,5 metrdan kam boʻlmasligi, umumiy gorizontal maydonchaning boʻyi esa ikkita marsh kengligiga teng boʻlishi kerak.