• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

BILASIZMI

Apr 20, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

📎 Mualliflik nazorati obyektni qurish-rekonstruksiya qilishning butun davri davomida amalga oshiriladi

Xoʻsh, muallif nazorati boʻyicha mutaxassis qurilishning qaysi jarayonlarini nazorat qiladi?

◀️ Shaharsozlik kodeksining 29-moddasiga koʻra:
• qurilish-montaj ishlarining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarida qabul qilingan loyiha yechimlariga muvofiq bajarilishini nazorat qiladi;
• yashirin ishlarni koʻrikdan oʻtkazish va muhim konstruksiyalarni oraliq qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
• mualliflik nazorati jurnali toʻgʻri yuritilishini taʼminlaydi va mualliflik nazorati jurnaliga tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlaridan chetga chiqishlar toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritadi, ular buyurtmachi va pudratchi tomonidan bajarilishi majburiydir;
• tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlaridan konstruksiyalarning ishonchliligiga hamda binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligiga taʼsir koʻrsatuvchi, shuningdek, inson hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi chetga chiqishlar aniqlanganda, buyurtmachini hamda hududiy inspeksiyani choralar koʻrish uchun xabardor qilgan holda, qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib turadi;
• qurilish obyektining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi uchun javobgar boʻladi.

🫥Obyektni qurish-rekonstruksiya qilish ishlari tugallangach, mualliflik nazorati boʻyicha mutaxassis buyurtmachiga bajarilgan qurilish-montaj ishlarining shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi.