↪️Qurilish ishlarini tashkil etish qay tartibda amalga oshiriladi?
Shaharsozlik kodeksining 31-moddasiga koʻra qurilish ishlari:
• buyurtmachi tomonidan hududiy inspeksiya obyektda qurilish-montaj ishlari boshlanganligi toʻgʻrisida xabardor qilingandan keyin
• pudratchilar tomonidan malakali muhandis-texnik xodimlar, mutaxassislar va ishchilar jalb etilgan holda
• ekspert tashkilotlarining ijobiy xulosasi asosida tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq
• qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarishning tasdiqlangan loyihalari majburiy ravishda mavjud boʻlganda amalga oshirilishi kerak.