• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

BIRDAMLIKDA HIKMAT KOʻP!!!

Mar 18, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

✅ Oʻzbek xalqining ming yillardan buyon saqlanib kelayotgan goʻzal urf-odatlari, anʼanalari dunyo miqyosida eʼtirof etilayotgani bejiz emas. Hashar ham milliy qadriyatlarimizning yorqin namunasi sifatida odamlarda birdamlik, hamjihatlik tuygʻularini mustahkamlab keladi.

Muborak Ramazon oyi hamda ”Navroʻz” umumxalq bayrami arafasida respublika miqyosida boʻlib oʻtayotgan umumxalq hashari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va uning tizim tashkilotlari, xususan, “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat inspeksiyasi hamda “Qishloqqurilishloyiha”, “Oʻzbekkommunalloyihaqurilish” loyiha-qidiruv institutlari, “ShaharsozlikLITI” AJ, “ToshkentboshplanLITI” DUK xodimlarini bir yerda jamladi.

? Bugungi “Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki” shiori ostidagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari doirasida vazirlik ishchi xodimlari tomonidan 2500 dan ortiq mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilmoqda.

Xush kayfiyatda davom etayotgan mazkur tadbir milliy qadriyatlarimizni ulugʻlash va umumxalq bayramini munosib kutib olishga xizmat qilishi shubhasiz.