• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Bolalarga bering dunyoni

Sen 9, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar mvm Yangiliklar

Bugun Qurilish vazirligida oilaga eʼtibor gʻoyalarini keng targʻib qilish, oila institutini mustahkamlash boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida vazirlik xodimlarining farzandlari oʻrtasida “Dadajonim va onajonim hissa qoʻshgan qurilish” mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.

Ushbu tanlovda begʻubor qalb egalarining oʻy-fikrlari, orzulari, tafakkurlari qogʻozlarda zohir boʻldi. Tinchlik, tabiat, osmonoʻpar binolar, hayvonot va nabodot olami – bolalar chizgan rasmlarda ana shunday soflikni koʻrish mumkin. Vazirlik tomonidan anʼanaviy oʻtkaziladigan ushbu tadbirda ertamiz egalariga ajoyib sovgʻalar ulashildi. Tabiiyki, bunday tadbirlar bolalar qalbida vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini shakllantirishi bilan ahamiyatlidir.