❕Ulkan bunyodkorlik ishlari jadallik bilan borayotgan, rivojlanish bosqichida turgan joyda bosh reja katta ahamiyat kasb etadi.
📍Davlatimiz rahbarining Samarqandga tashrifi chog‘ida Oqtosh shahri va Mirbozor shaharchasining bosh reja loyihasini ishlab chiqish masalasi ilgari surildi.
🟢O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashining yig‘ilishida boshqa hududlar singari Oqtosh shahri, Mirbozor shaharchalarining bosh rejasi va markaziy qismining batafsil rejalashtirish loyihalari muhokama etildi.
⏳Muhokamalarda viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i va masʼullari ishtirok etib, bosh reja loyihasining afzalliklari haqida so‘z yuritishdi.