‼️Endilikda boshqaruv tashkilotlari Savdo-sanoat palatasi a’zoligiga bepul qabul qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 23-yanvardagi PQ–15-son qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra
📝 2023-yil 1-fevraldan mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari, jumladan, BSKlar Palata a’zoligiga, a’zolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda bepul qabul qilinadi.
Palata tadbirkorlarning manfaatlarida sudlarga taqdim etadigan ariza, da’volar hamda apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari bo‘yicha davlat boji to‘lovlaridan ozod etiladi.
📎 Eslatib oʻtamiz, 2022-yilda BSKlar tomonidan Savdo sanoat palatasiga a’zolik badali uchun 20 mln soʻmgacha toʻlov amalga oshirilgan edi.