Shuhratxo‘ja Hoshimov, Qurilish vaziri o‘rinbosari:
Joriy yilda davlat dasturi doirasida 45000 xonadonga mo‘ljallangan uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. 9260 ta qishloq joylarda, 17354 ta shahar joylarida, qishloq qurilish invest tomonidan 8336 ta xonadonlarga mo‘ljallangan uylar, 3550 ta uy Uzshaxarinvest kompaniyasi tomonidan va 6500 ta uylar yakka tartibdagi uylarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash hisobiga rejalashtirilgan. Respublikamiz hududida 1048 ta ko‘p qavatli uylarni qurilishini amalga oshirish uchun 175 ta massivlar tanlandi.
Alijon Soatov, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i:
Vazirlar Mahkamasining 321-sonli qarori bilan buyurtmachining texnik nazorat xodimari ish haqisi oshirildi. Ikkinchi navbatda texnik nazorat xodimlarning hammasi majburiy attestatsiyadan o‘tkazilishi belgilandi. Sifatni nazorat qiladigan xodimlarimiz belgilangan muddatda attestatsiyadan o‘tishi majburiy bo‘ldi. Qurilishi sohasida nazorat inpeksiyasi xizmatlarni muvofiqlashtiruvchi organ bo‘lgani uchun qurilishdagi nazorat elektron tizimi joriy qilindi.