☑️ Bugungi kunda Qurilish va kommunal xoʼjaligida nazorat inspeksiyasi tomonidan “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi yaratilib, toʼliq ishga tushirilgan.
Mazkur tizimga 30 823 ta qurilish obyektlari kiritilgan boʼlib, qurilayotgan obyektlarda nazorat ishlari olib borilmoqda. Biroq shunisi eʼtiborliki, inspeksiyaning oʼtgan yili arxitektura yoʼnalishi boʼyicha olib borgan tekshiruvlari natijasida 6102 ta noqonuniy qurilishlar aniqlangan. Qurilish-montaj ishlari tugallangan bino va inshootlardan foydalanishga ruxsat berish boʼyicha 16 576 ta murojaatlar kelib tushgan. Bunda 11 162 ta obyektlarning qurilish ishlari, belgilangan normalarga toʻgʻri kelmasligi bois qatʼiy rad etilgan.
Taʼkidlamoqchimizki, bugungi kunda qurilish ishlarida avvalo sifat va nazoratga birlamchi masala deb qaralmoqda va bu ishlar qatʼiy davom ettiriladi.