• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Brifing

May 31, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

Bugun Qurilish vazirligi aholiga, tadbirkorlik subyektlariga, buyurtmachi, loyihachi va pudrat tashkilotlariga, umuman qurilish jarayonlarining barcha ishtirokchilariga maksimal darajada qulaylik yaratish maqsadida qator tashabbuslarni ilgari surmoqda.

1. Bunda inson omilining aralashivusiz, barcha xizmat va texnologik jarayonlarni muvofiqlashtirib borish maqsadida “Shaffof qurilishmilliy axborot tizimi ishga tushirildi.

Bu esa mazkur sohadagi davlat xizmatlarini toʻliq raqamlashtirish, hujjatlarning elektron shaklda aylanishi taʼminlash, investitsiya dasturidagi qurilish obyektlarining holatini real vaqt rejimida kuzatib borish imkonini bermoqda.

Shuningdek, qurilish obyektlarida nazorat jarayonlari avtomatlashtirilib, barcha maʼlumotlar avtomatik tarzda shakllantirilayapti.

Yagona maʼlumotlar bazasi orqali idoralararo maʼlumot almashinuviga erishilmoqda. Bu oʻz oʻzidan sohada ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tizimli muammolarni hal etish, qurilish sohasida korrupsiya va byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va eng muhimi, jamoatchilik uchun shaffoflikni taʼminlash imkonini yaratmoqda.

Qurilish vazirligining hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari bugungi kunda toʻliq elektron shaklga oʻtkazilgan.

Bundan buyon, obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma olish, arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish, loyiha-smeta hujjatlarini, xususan, yakka tartibdagi uy-joy qurishga hamda rekonstruksiya qilishga loyiha-smeta hujjatlarni kelishish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish kabi jarayonlar mazkur tizim orqali amalga oshiriladi.

2. Yana bir qulaylik, endilikda qurilish ekpertizasini raqamlashtirish jarayoni ekspertiza.mc.uz tizimiga, yaʼni toʻliq interaktiv xizmat shakliga oʻtdi.

Bu jarayonlar avvallari qurilish ekpertizasini raqamlashtirish davlat xizmatlari orqali amalga oshirilar edi.

Bugungi kunda buyurtmachi yoki loyihachi masofadan turib, hujjatlarni ekspertizaga joʻnatishi mumkin. Bunda, tizim aniqlangan barcha kamchiliklar, kiritilgan oʻzgartirishlar, loyiha hujjatlari va ekspertiza xulosalarini yagona bazada saqlaydi.

3. Sohadagi yana bir yangilik bu – qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish, loyihalashtirish va qurilish ishlarida davlat xaridlari hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash maqsadida “Qurilish sohasida tender savdolarini tashkil etish” platformasining ishga tushirilgani boʻldi.

Bugungi kunda tender.mc.uz sayti orqali mazkur jarayonlarni amalga oshirish mumkin boʻladi.

Avvallari tender jarayonlari asosan komissiya qarori bilan, yaʼni inson omili ishtirokida amalga oshirilgan boʻlsa, joriy yildan boshlab bu amaliyotga toʻliq chek qoʻyildi.

Xususan, bugungi kunda tender jarayonlari on-layn tarzda avtomatik usulda oʻtmoqda.

Tender savdolaridagi raqobat asosan pudrat tashkilotlarining salohiyati, ish tajribasi, malakasi, moddiy-texnik va moliyaviy imkoniyatlari kabi koʻrsatkichlariga asoslangan. Mazkur koʻrsatkichlar pudrat tashkilotlarining reytingidan olinadi.

Yaʼni loyiha va pudrat tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, qurilish ishlari sifatini yaxshilash maqsadida qurilish pudrat tashkilotlar reytingi reyting.mc.uz axborot tizimi ishga tushirildi.

Mazkur reyting tizimi oʻtgan yildan boshlab, ishga tushirilgan boʻlsada, joriy yilda Hukumat qarori reyting koʻrsatkichlari yangilandi hamda optimallashtirildi.

Yilning oʻtgan davri mobaynida reyting yuritish va tenderlarni tashkil etish natijalaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, buyurtmachi, loyihachi va pudratchi tashkilotlarning takliflari va tashabbuslari asosida mazkur tizimni yanada takomillashtirish va barcha uchun birdek qulay qilish koʻzda tutilmoqda.

Xususan, reyting va tender tizimlariga ayrim oʻzgartirishlar kiritish, bu boradagi baʼzi koʻrsatkichlar va talablarni qayta koʻrib chiqish koʻzda tutilmoqda.

4. Yana bir muhim jihat. Endilikda davlat dasturlariga tushgan obyektlarning loyiha-oldi hujjatlatrini tayyorlash, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, tenderlarni oʻtkazish va qurilish ishlarining borishini nazorat qilish boʻyicha mutlaqo yangi tizim joriy etildi.

Gap shundaki, maqsadli dasturlarga kiritilgan obyektlar boʻyicha ishlarning borishini kuzatib borish va nazorat qilish uchun invest.mc.uz havolasida “Maqsadli dasturlar monitoringi” elektron tizimi ishga tushirildi.

Bugungi kunda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi boshqa davlat organlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan boʻlib, bu oʻz navbatida tizimdagi maʼlumotlarning aniq resurslar asosida shakllanishi va shaffoflikni taʼminlashga xizmat qilyapti.

Kelgusida istiqbolli rejalar koʻp. Yaʼni, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini yil yakuniga qadar “Qurilish materiallari milliy klassifikatori” elektron platformasi, “Qurilishda foydaniladigan texnikalarni ijaraga berish” maʼlumotlar bazasi hamda “Pudrat tashkilotlari klasteri” maʼlumotlar bazasi bilan takomiliga yetkazish maqsad qilingan.